Tramp va Maduroning muzokaralarida Venesuela diktatorining boshpanasi Moskva bo‘lishi mumkinligi muhokama qilindi, dedi respublikachi senator.
Venesuela prezidenti Rossiyadan boshpana izlashi mumkinligi haqida mish-mishlar ko‘paymoqda. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan hafta AQSh prezidenti Donald Tramp Nikolas Maduro bilan telefon orqali muloqot qilgan. Amerika matbuotiga ko‘ra, Tramp agar diktator iste’foga chiqsa, mamlakatni xavfsiz tark etishga va’da bergan.
Oq uy Maduro bilan telefon suhbati bo‘lganini tasdiqladi, biroq Tramp tafsilotlarni oshkor qilishni istamadi:
"Yaxshi yoki yomon o‘tdi, deb aytmagan bo‘lardim. Bu telefon qo‘ng‘irog‘i edi", dedi AQSh rahbari.
Respublikachi senator Markveyn Mallin shundan so‘ng CNN telekanaliga Rossiya Maduro quvilishi mumkin bo‘lgan mamlakat sifatida muhokama qilinganini aytdi.
Moskva Gavanadan Karakasgacha bo‘lgan Lotin Amerikasi diktatorlarining homiysi hisoblanadi. Bundan tashqari, rossiyalik general Oleg Makarevichning shaxsan o‘zi Venesueladagi mashg‘ulotlarga rahbarlik qilgani ma’lum bo‘ldi.