Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Namanganda dori vositalari saqlanayotgan yashirin ombor aniqlandi

Namanganda dori vositalari saqlanayotgan yashirin ombor aniqlandi


❗️ Aholi salomatligini muhofaza qilish va sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosiga chek qo‘yish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bojxona hamda Ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Uychi tumanida farmasevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona rahbari va uning ishchisi bo‘lgan, 1983 va 1986 yillarda tug‘ilgan aka-ukalar tomonidan noturar binoning yerto‘lasida tashkil etilgan yashirin ombor fosh etildi.
Omborni ko‘zdan kechirish jarayonida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy taxminiy qiymati 5,6 mlrd so‘mni tashkil etuvchi 412 turdagi jami 67 923 birlik dori vositalari kelgusida sotish maqsadida saqlanayotgani aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!