Namangan viloyati Pop tumanida 18 noyabr kuni bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan vafot etdi.
Pop tumani IIB navbatchilik qismi habariga ko‘ra, shu kuni soat 7:30 larda Iskovut mahallasida yashagan A.B. (1988 y.t.) va uning voyaga yetmagan o‘g‘li va qizi (mos ravishda 2010 va 2014 y.t.) xonadondagi qo‘lbola pechkadan chiqqan is gazidan zaharlanib halok bo‘lgan.
A.B ning turmush o‘rtog‘i og‘ir holatda shifoxonaga olib kelinib, shikoforlar tomonidan hayoti saqlab qolindi.
Holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.