Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada mehnat migrantlari uchun o‘z maqomini qonuniylashtirish muddati uzaytirildi

A A A
Rossiyada mehnat migrantlari uchun o‘z maqomini qonuniylashtirish muddati uzaytirildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi xorijliklarning maqomini tartibga solish muddatini uzaytirish haqidagi farmonni imzoladi

Hujjat matni Rossiya normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Farmon bilan “Rossiya Federasiyasida chiqarib yuborish rejimi qo‘llanilishi munosabati bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonunning ayrim qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolari o‘z maqomlarini 2025 yil 10 sentyabrgacha qonuniylashtirishlari zarur, aks holda ular deportasiya qilinadi. Dastlab buning uchun 2025 yilning 30 aprel sanasi belgilangan edi.

Kiritildi: 11:10 29.04.2025. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!