Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xorazmda maktab direktori o‘quvchi qizlarni sochidan tortib kaltakladi

Xorazmda maktab direktori o‘quvchi qizlarni sochidan tortib kaltakladi

Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat shu yilning 7 aprel kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, shu kuni maktab direktori dars vaqtida 11-sinf xonasiga kirib, bir necha qizlarni sochini yig‘maganligi sababli ularning sochidan tortib, tanbeh beradi va buning ortidan ularning biri bilan janjallashib ketgan.

Holat yuzasidan maktab direktori vakolatli tashkilotlar tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, pedagogga xos bo‘lmagan harakatlari uchun “Hayfsan“ intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 05:34 29.04.2025. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!