Germaniyaning janubidagi Bavariya poytaxti Myunxenda rekord darajadagi issiqlik, qurg‘oqchilik va yer osti suvlari sathining pasayishi tufayli favqulodda holat e’lon qilindi.
Bild nashrining xabar berishicha, bu haqda shahar meri Dominik Krauze e’lon qildi.
"Biz 1970 yillarning boshlaridan beri kuzatilmagan favqulodda vaziyatga duch kelmoqdamiz. Uzoq muddatli issiqlik tufayli suvga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishi Myunxening shahar suv ta’minoti tizimini o‘z chegaralariga olib kelmoqda. Shuning uchun, shahar sifatida biz darhol suvni tejash choralarini ko‘ramiz", dedi u.
Shuningdek, shahar meri qolgan zaxiralarni tejash choralarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan ishchi guruh tuzdi.
Nashr ichimlik suvi ta’minoti barqarorligicha qolayotganini aniqlik kiritadi. Biroq, Myunxenda oynalarni tozalashni to‘xtatib turish va shaharning 150 ta dekorativ favvorasidan kamida 10 tasini yopish kabi jiddiy cheklovlar joriy etilmoqda, bu chora asosan ko‘p miqdorda suv ishlatadiganlarga ta’sir qiladi.
Bundan tashqari, mahalliy aholiga iste’molni kamaytirish tavsiya qilindi: mashinalarni yuvmang, vanna o‘rniga dush qabul qiling, tishlarni yuvayotganda jo‘mrakni yoping va basseynlarni to‘ldirmang.