Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Murojaatlar bilan ishlashda “mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshiriladi

Murojaatlar bilan ishlashda “mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshiriladi

Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi. Uni yuritishga yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi mas’ul bo‘ladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini o‘rganib, kunlik ma’lumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.

Mutasaddilarga “Raqamli mahalla” tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga to‘liq integrasiya qilish topshirildi.

Bundan buyon murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga ko‘rib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga keskin chora ko‘rilishi belgilandi.

Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham kuchaytiriladi.

Kiritildi: Bugun 15:48. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!