29 may kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida WBC Eurasia professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Avval xabar berganimizdek, turnirning markaziy jangida o‘zbekistonlik professional bokschi, super yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev ringga ko‘tariladi. 31 yoshli Murodjonga turnir doirasida Venesuela vakili Egli Moskeda raqib bo‘ladi.
Tashkilotchilar jangni rasman tasdiqlashdi.
Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev faoliyati davomida hozirgacha 16 ta jang o‘tkazib, 14 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 30 yashar Moskeda hisobida esa 27 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.