Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Muhim o‘yin oldidan “Siti”da katta yo‘qotish

Muhim o‘yin oldidan “Siti”da katta yo‘qotish

Angliya Premyer-ligasining 33-turida musobaqa peshqadami “Arsenal”dan 2:1 hisobida ustun kelgan “Manchester Siti” yana chempionlikka erishish imkoniga ega bo‘ldi.

Endi “shaharliklar” har bir uchrashuvda uch ochko uchun o‘ynaydi.

Manchesterliklar navbatdagi turda liga qolish uchun kurashayotgan “Byornli” mehmoni bo‘ladi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Rodri 22 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Byornli”ga qarshi o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

Rodri o‘tgan yakshanba kuni “Arsenal”ga qarshi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yin so‘ngida shikastlangani bois zaxiraga olingan edi.

Gvardiola hozircha jarohatning qay darajada ekaniga to‘liq ishonch hosil qilmagan, biroq futbolchi kamida yaqindagi bitta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Rodri ertangi o‘yinga tayyor bo‘lmaydi, keyingi uchrashuvlarda ishtirok etishi esa keyinchalik ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, Ruben Diash ham hozircha o‘ynashga tayyor emas.

Kiritildi: 23:54 21.04.2026. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!