Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Mossad” xodimi Eronga qarshi operasiyalar vaqtida Isroil tashqarisida o‘ldirildi

“Mossad” xodimi Eronga qarshi operasiyalar vaqtida Isroil tashqarisida o‘ldirildi

Isroil tashqi razvedka xizmati — Mossad rahbari David Barnea Eronga qarshi operasiyalar davomida xizmat xodimlaridan biri Isroildan tashqarida halok bo‘lganini ma’lum qildi.

The Jerusalem Post ma’lumotiga ko‘ra, Barnea bu haqda Tel-Avivda razvedka xizmati halok bo‘lgan xodimlariga bag‘ishlangan marosimda so‘zlagan.

Uning aytishicha, “M” kod nomi bilan tanilgan agent xizmat vazifasini bajarayotgan paytda Isroil chegaralaridan tashqarida o‘ldirilgan. Barnea mazkur xodim “Mossad”ning Eronga qarshi operasiyalarida muhim o‘rin tutganini ta’kidladi.

Biroq voqea qaysi davlatda va qachon sodir bo‘lgani haqida aniq ma’lumot berilmadi. Isroil ommaviy axborot vositalari esa agent AQSh va Isroilning Eronga qarshi hujumlaridan keyin boshlangan urush davrida yo‘q qilinganini xabar qildi.

Kiritildi: 21:53 21.04.2026. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!