Madridning «Real» klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos YECHL yarim finalidan o‘rin olgan «Bavariya» — «PSJ» qarama-qarshiligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Kroosning fikricha, Myunxen klubi finalga chiqish uchun himoyadagi o‘yinini kuchaytirishi lozim:
«Bavariya» «Real»ga qarshi o‘yinlardagidan ko‘ra yaxshiroq himoyalanishi kerak. Nazarimda, «PSJ» vaziyatlardan foydalanishda «Real»dan ko‘ra samaraliroq bo‘lishi mumkin. Agar myunxenliklar ayrim jihatlarni to‘g‘rilashsa, ularda yaxshi imkoniyat bo‘ladi. Men uchun bu juftlikda imkoniyatlar — 50 ga 50. Joriy sport formasidan kelib chiqsak, «Bavariya» va «PSJ» ayni damda dunyoning eng kuchli ikki jamoasidir», — dedi Kroos.
Eslatib o‘tamiz, chorak finalda «PSJ» «Liverpul»ni turnirdan chiqarib yuborgan bo‘lsa, «Bavariya» «Real» to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tgan edi.