Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Sadriddin Xasanov va Sayfiddin Sodiqov Portugaliyaning "Braga" klubiga o‘tishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, portugaliyaliklar 17 yoshli o‘yinchilarni "Bunyodkor" hamda Odil Ahmedov futbol akademiyasidan 1 yillik ijara asosida jalb qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, ularning "Andijon"dagi ijarasi muddatidan avval bekor qilinishi mumkin. Futbolchilar yangi jamoasiga 2026 yil yozida, 18 yoshga to‘lgach qo‘shiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, "Braga" skautlari ularni Qatarda bo‘lib o‘tgan U-17 Jahon chempionatida kuzatgan va shundan so‘ng ko‘rikka chaqirgan. 2025 yil dekabrida Xasanov va Sodiqov "qurolsozlar"ning U-23 jamoasi bilan ikki hafta mashg‘ulot o‘tkazib, mutaxassislarda ijobiy taassurot qoldirgan. Bu esa rasmiy taklifga olib kelgan.

"Shartnomada sotib olish huquqi ham mavjud: Xasanov uchun 250 ming yevro (taxminan 3,41 mlrd so‘m), Sodiqov uchun esa 300 ming yevro (4,1 mlrd so‘m). Agar ushbu band ishga tushirilsa, har ikki futbolchi "Braga" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, "Bunyodkor" va Odil Ahmedov akademiyasi keyingi transferdan ma’lum foiz oladi", — deya xabar bermoqda jurnalist Ivan Karpov.

Kiritildi: 23:52 21.04.2026. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!