O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi va «Manchester Siti» futbolchisi Abduqodir Husanovning ukasi Abdurahim Husanov jamoa mashg‘ulotida ishtirok etdi.
Shuningdek, Husanovning ukasi «Manchester Siti» — «Arsenal» uchrashuvini stadionda tomosha qildi va o‘yinchilar hamda jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan suratga tushdi.
Abduqodir Husanovga to‘xtaladigan bo‘lsak, u joriy mavsumda «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi 2025 yil yanvar oyida Fransiyaning «Lans» klubidan 40 million yevro evaziga ingliz klubiga o‘tgan edi.