AQSh prezidenti Donald Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida AQSh tarixidagi eng ziddiyatli harbiy harakatlardan biri — Vyetnam urushi haqida fikr bildirdi. Trampning ta’kidlashicha, agar u o‘sha paytda qo‘mondonlik qilganida, nizo ancha oldin va muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lardi.
«Men Vyetnamdagi urushda juda tez g‘alaba qozongan bo‘lardim», — dedi Oq uy rahbari intervyu davomida.
Eslatib o‘tamiz, Vyetnam urushi (1955-1975) AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan va ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlardan biri hisoblanadi.