AQSh Prezidenti Donald Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida Eron bilan yuzaga kelgan vaqtinchalik sukutdan mamlakat manfaatlari yo‘lida foydalanilganini ma’lum qildi.
Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu davr AQSh armiyasini qayta qurollantirish uchun imkoniyat yaratgan.
«Menimcha, bu (otashkesim) yaxshi g‘oya edi, chunki biz to‘liq qayta qurollanib oldik... Biz to‘rt-besh hafta oldingiga qaraganda ancha qudratliroq bo‘ldik», — dedi Tramp.