Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent shahar sudi OAVdan “Real Sanjik”ning ism-familiyasini to‘liq yozmaslikni so‘radi

Toshkent shahar sudi OAVdan “Real Sanjik”ning ism-familiyasini to‘liq yozmaslikni so‘radi

Jamoatchilikka yaxshi ma’lumki, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida S. Karimovga (“Real Sanjik”) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda. O‘tayotgan har bir sud prosessida jurnalist va blogerlar hozir bo‘lib, jarayon haqida muntazam axborot berib borilayotgani sud muhokamalarida ochiqlik ta’minlanayotganini ko‘rsatadi. Ya’nikim, media vakillarining sud jarayonini suratga olish, yozma qaydlar va audioyozuv olib borish, stenogramma yuritishlarida cheklovlar yo‘q. Faqat videotasvirga olish ruxsat etilmagan, sababiki, bunga ish bo‘yicha taraflarlar birdek rozilik bildirmagan bo‘lsa, ikkinchidan, sudga nisbatan ijtimoiy bosim va boshqa ta’sirlar ehtimolini oldini olish bo‘yicha raislik etuvchi tomonidan ko‘rilgan zaruriy chora hisoblanadi.

Ayni paytgacha jurnalist va blogerlardan sud majlisida ishtirok etish masalasida e’tiroz yoki shikoyat kelib tushmadi. Biroq mavzuga oid ayrim axborotlarda aybsizlik prezumpsiyasi talablari buzilishi alomatlari, hali huquqiy baho berilmagan ayrim dalillarni oshkor qilish, taraflarni suhbatga tortish kabi holatlar uchramoqda. Xususan, ish bo‘yicha jabrlanuvchining ixtiyoriga qarshi unga mikrofon tutib, tasvirlarda yuzi aniq ko‘rsatilmasa-da, ism-sharifi to‘liq va aniq yozilayotgani(?!), tomonlar o‘rtasidagi audioyozuvlarni e’lon qilish, ayniqsa, taraflarning hali huquqiy baho berilmagan vajlariga keng o‘rin berilayotgani ayrim axborotlarning xolisligiga shubha, yakuniga yetmagan prosess bo‘yicha esa jamoatchilikda turli bashorat va yanglish xulosalar shakllanishi ehtimolni yuzaga keltirmoqda.

Toshkent shahar sudi matbuot xizmati, yuqoridagi bayonlardan kelib chiqib, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarni jinoyat ishi bo‘yicha ortiqcha tafsilotlardan tiyilish hamda aybsizlik prezumpsiyasi tamoyillariga qat’iy rioya etishga chaqiradi.

Kiritildi: Bugun 20:24. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!