Prof boksning ikkinchi eng yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi haqida ma’lumot berildi.
U mart oyida ringga qaytishni rejalashtirmoqda.
"Xudo xohlasa, ishonchingizni oqlayman. O‘zimga va’da berdim. Albatta kuchli bo‘lib qaytaman, In Sha Alloh", deydi bokschimiz.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Murodjon Ahmadaliyev faoliyati davomida 16 ta jangda ishtirok etib, 14 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat rasmiylashtirgan. U so‘nggi jangini 2025 yil sentyabr oyida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy bergandi.