O‘zbekistonlik professional bokschilar Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov ustozlari To‘lqin Qilichevga avtomobil sovg‘a qilishdi. Bu haqda Tribunauz xabar berdi.
Bokschilar 1 oktyabr — ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan 42 yoshli mutaxassisga Mercedes berishdi.
To‘lqin Qilichev 2022 yil avgustida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning qo‘l ostida jamoa 2023 yilda o‘tkazilgan jahon chempionati va 2024 yilda o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqalarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, 2024 yilda Parijda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar 5 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi.
Osiyo boks konfederasiyasi 2024 yilda To‘lqin Qilichevni qit’ada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topgan.