Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

“Mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi” — Shavkat Mirziyoyev

“Mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

“Biz bu kunlarni butun xalqimiz, futbol ishqibozlari bilan 34 yil kutdik. Shu ma’noda, futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi.

Chunki ular har bir o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rib, yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik ruhi bilan faqat g‘alaba uchun maydonga tushdi. Xalqimizga olam-olam quvonch bag‘ishladi.

To‘g‘risini aytsam, mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi. Barcha yurtdoshlarimiz kabi men ham ich-ichimdan quvondim, bayram qildim.

Fursatdan foydalanib, maydonda jasorat va mahorat ko‘rsatgan futbolchilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalari, ustoz va murabbiylariga tashakkur izhor etaman”, — dedi davlat rahbari.
Kiritildi: Bugun 18:38. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!