Misr OAVlarining xabar berishicha, 9 fevral kuni ertalab «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohning bobosi vafot etgan.
Ahmad Abdel Aziz Al Bambining o‘limi haqidagi xabarni futbolchining amakisi hamda Muhammad Saloh nomidagi yoshlar markazi raisi tasdiqladi. U chuqur qayg‘uda ekanligini bildirib, marhumning haqiga duo qilishlarini so‘radi.
Qayd etilishicha, 33 yoshli o‘yinchining zich taqvim tufayli dafn marosimida ishtirok etishi hozircha so‘roq ostida turibdi. «Liverpul» navbatdagi o‘yinini 11 fevral kuni APL 26-turi doirasida «Sanderlend»ga qarshi o‘tkazadi.