Hujumchi Muhammad Saloh joriy mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida "Liverpul"ni tark etadi. Speedline nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, misrlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish variantini "Yuventus" ko‘rib chiqmoqda.
Turin klubi keyingi mavsum boshlanishiga qadar hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Italiya jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti Salohni hujumning yakuniy uchdan bir qismida tarkibga tajriba va sifat qo‘shish uchun eng yaxshi variantlardan biri deb hisoblamoqda.
Muhammad Saloh 2017 yilda "Roma"dan "Liverpul"ga 42 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda forvard "qizillar" safinda barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.