Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Muhammad Saloh Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qarshi emas

Muhammad Saloh Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qarshi emas

Yozgi transfer oynasida hujumchi Muhammad Saloh klubini o‘zgartirishi mumkin. Arne Slot bilan bo‘lgan avvalgi kelishmovchiliklar, shuningdek, ushbu mavsumdagi ishonchsiz o‘yin — bularning barchasi misrlik futbolchining kelajak borasidagi pozisiyasiga ta’sir o‘tkazmoqda. Saloh shartnomasi tugashiga bir yil qolganda «Liverpul»ni tark etishi mumkin.

«Foot Mercato» nashrining xabar berishicha, Salohning agenti allaqachon Saudiyaning «Al-Ittihod» klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. O‘tgan yildan farqli o‘laroq, Muhammad hozirda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga ancha ijobiy yondashmoqda.

Shu yozda Muhammad Saloh 34 yoshini qarshi oladi. Nufuzli «Transfermarkt» portali mutaxassislari hujumchini 30 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 23:23 10.02.2026. O'qildi: 1126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik