Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Muhammad Saloh Ronalduning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Muhammad Saloh Ronalduning jamoadoshiga aylanishi mumkin

"Liverpul" yulduzi Muhammad Saloh katta ehtimol bilan kelayotgan yozda jamoani tark etishi kutilmoqda.

Liverpool Echo xabariga ko‘ra, 33 yoshli misrlik yulduzni qo‘lga kiritish borasida hozirda Saudiyaning ikki grandi "An-Nasr" va "Al-Ittihod" kurash boshlagan. Ular allaqachon futbolchining vakillari bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatgan.

"Qizillar" 2027 yilning yozigacha shartnomasi bor yulduzini transferidan foyda olish uchun uni qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Saloh 2017 yilda "Roma"dan 42 million yevroga sotib olingandi. U jamoa uchun jami 428 ta o‘yinda 252 ta gol urib, 121 ta assist amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 14:08. O'qildi: 224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!