Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Mourinyoning e’tirozidan so‘ng "El-Klasiko" hakami almashtirildi

Mourinyoning e’tirozidan so‘ng "El-Klasiko" hakami almashtirildi

Ispaniya Hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi "El-Klasiko" uchrashuvini boshqarishi kerak bo‘lgan Alexandro Ernandes Ernandesni boshqa hakamga almashtirishga qaror qildi.

Bu haqda Marca nashri jurnalist Roberto Gomesga tayanib xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mazkur qarorga "Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning noroziligi asosiy sabab bo‘lgan. Portugaliyalik mutaxassis uchrashuvni boshqaradigan hakamning nomi oldindan ma’lum bo‘lib qolganidan norozi bo‘lgan.

"Dastlab uchrashuvni Ernandes Ernandes boshqarishi kerak edi. Mourinyo esa ikki marta o‘yinga qaysi hakam tayinlanishi allaqachon ma’lum bo‘lgani uni hayratga solayotganini aytdi.

Qo‘mita jahon chempionatida ishlagan hakam — Ernandes Ernandesni tayinlamoqchi edi. U joriy mavsumda alohida bosim ostida qolmagan", — dedi Gomes.

Jurnalistning ta’kidlashicha, Hakamlar texnik qo‘mitasi Mourinyoga qo‘shimcha tanqid uchun sabab berishni istamayapti.

"Barselona" va "Real" o‘rtasidagi "El-Klasiko" 25 oktyabr, yakshanba kuni Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:09 20.10.2026. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!