Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mourinyo: "Bu g‘alabani "Barselona" muxlislariga bag‘ishlayman"

Mourinyo: "Bu g‘alabani "Barselona" muxlislariga bag‘ishlayman"

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "el-klasiko"dagi g‘alabadan (2:1) so‘ng "Barselona" muxlislariga hazilomuz murojaat qildi.

"Bu g‘alabani mehmonxonada uxlashimga qo‘ymagan "Barselona" muxlislariga bag‘ishlayman. Ular mehmonxonaga kelib, kun bo‘yi qo‘shiq aytishdi. Shu sabab biroz ham uxlay olmadim.

Mayli, uxlamagan bo‘lsam ham, ularning jamoasini mag‘lub etdim. Barchasini qattiq quchoqlayman", — dedi Mourinyo.

"Real" "Kamp Nou"da Kilian Mbappening dubli evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlarning yagona golini Rafinya urdi.

Kiritildi: Bugun 12:11. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!