Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Mossad" josuslariga 100 yillik qamoq jazosi tayinlandi

"Mossad" josuslariga 100 yillik qamoq jazosi tayinlandi

Turkiyada uch kishilik oila va yana uch nafar fuqaro Isroilning "Mossad" tashqi razvedka xizmati foydasiga josuslik qilgani hamda turli ob’ektlar haqida maxfiy ma’lumotlar to‘plagani uchun jami 100 yillik qamoq jazosiga hukm etildi, deb xabar qilmoqda Turkiya ommaviy axborot vositalari.

2024 yil aprel oyida uzoq muddatli kuzatuvdan so‘ng Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) Istanbulda sakkiz kishini hibsga oldi. Mahkumlar orasida sug‘urta kompaniyasi egasi Ahmet Ersin Tumlujali ham bor. U "Mossad" uchun ishlaydigan xodimlar tarmog‘ini, jumladan, xotini va o‘gay qizini boshqargani uchun 22 yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Istanbuldagi og‘ir jinoyatlar sudi qarori bilan Tumlujalining "yaxshi xulqi" uchun jazosi 18 yil-u to‘qqiz oyga qisqartirildi. Uning xotini Benan Tumlujali 16 yil-u sakkiz oyga, qizi Dila Sulton Shimshek esa 15 yil-u yetti oy-u 15 kunlik qamoq jazosiga hukm etildi.

Qolgan uch hamtovoq - Jem O‘zkan, O‘zkan Arikan va Fuzuliy Shimshek har biri 15 yil-u yetti oy-u 15 kunlik qamoq jazosiga mahkum qilindi.

Hukmga ko‘ra, barcha aybdorlar Isroil razvedkasi foydasiga josuslik qilgan, maxfiy ma’lumotlar to‘plagan, shuningdek, ob’ektlarni suratga olgan. Sudning ta’kidlashicha: "Gumonlanuvchilar mamlakatdagi chet elliklar, ayniqsa, nizolar tufayli o‘z yurtlaridan qochib kelganlar haqida ma’lumot yig‘ish bilan shug‘ullangan va bu razvedka ma’lumotlarini "Mossad" bilan baham ko‘rgan."

Hukmga ko‘ra, Tumlujali Yorg degan kod nomi ostida Isroillik kurator bilan aloqada bo‘lgan. Bundan tashqari, asosiy ayblanuvchi 2017 va 2020 yillarda Vena va Frankfurtda Isroil razvedkasining Gevin Alfron ismli boshqa xodimi bilan uchrashgan.

Kuzatuv ob’ektlarining ba’zilari Ozarbayjon, Iordaniya, Livan va Suriya fuqarolari bo‘lgan. 2014 yildan 2019 yilgacha uning rafiqasi Benanning bank hisobiga katta miqdordagi mablag‘lar kelib tushgan. Ayblov xulosasida ta’kidlanishicha, bir holatda Tumlujali 300 ming yevro (333 282 AQSh dollari) miqdorida pul olgan.

Kiritildi: 20:51 11.04.2025. O'qildi: 1496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!