Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Modrich Ronaldu yoki Messi bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin

Modrich Ronaldu yoki Messi bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin

«Real»ni erkin agent sifatida tark etayotgan Luka Modrich Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar berdi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng «Real»ni tark etadigan 39 yoshli yarimhimoyachi «An Nasr» va «Inter Mayami» jamoalaridan taklif olgan. Shuningdek, xorvatiyalik futbolchini «Al Ittifoq» hamda bir nechta Braziliya klublari ham o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Modrich bir muddat davomida Ronaldu bilan «An Nasr» loyihasi haqida gaplashgan, ammo uning oilasi AQShga ko‘chib o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Kiritildi: 11:58 28.05.2025. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!