Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

O‘tmishdagi mashhur MMA jangchisi Jeff Monson Eron futbol terma jamoasi bilan bog‘liq vaziyat haqida o‘z fikrini bildirdi. Jamoa AQShning mamlakatga qarshi harbiy amaliyoti sababli Jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi. Eronliklar guruh bosqichidagi o‘yinlarini Amerika shaharlarida o‘tkazishi kerak edi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron terma jamoasi uchun Jahon chempionatida xavfsiz bo‘lmasligini ta’kidladi. Monson Amerika yetakchisining bu so‘zlaridan g‘azabda.

"Agar siz ishtirokchilar xavfsizligini kafolatlay olmasangiz, unda bu tadbir tashkilotchisi bo‘lmasligingiz kerak. Sizdan uni o‘tkazish huquqini tortib olishlari lozim. Bu faqat mening so‘zlarim yoki tuyg‘ularim emas. Bu barchaning hissiyotlaridir", – dedi Monson.

Monsonning fikricha, AQShdan nafaqat JCH-2026, balki 2028 yilgi yozgi Olimpiada mezbonligini ham tortib olish kerak.

Ma’lumot uchun, kelayotgan yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 23:30 12.03.2026. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!