Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Mixail Fyodorov Ukraina mudofaa vaziri lavozimini tark etadi

Mixail Fyodorov Ukraina mudofaa vaziri lavozimini tark etadi

​Fyodorov o‘z iste’fosini ijtimoiy tarmoqlarda amalda tasdiqladi va "mudofaa vaziri lavozimida Ukraina xalqiga xizmat qilish katta sharaf bo‘lganini" yozib qoldirdi.

U o‘z jamoasining muvaffaqiyatlarini, jumladan, rossiyaliklar uchun "Starlink"ni o‘chirib qo‘yish, Qrimdagi "logistik lokdaun" hamda o‘rta va uzoq masofalarga zarba beruvchi dronlarni xarid qilishni sanab o‘tdi.

​Avvalroq Ukraina OAVlari Fyodorovning Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy bilan nizosi haqida xabar bergan edi. "Ukrainskaya pravda"ning yozishicha, Vladimir Zelenskiy "Sluga naroda" fraksiyasi yig‘ilishida Fyodorov iste’fosiga uning Sirskiy bilan nizosi sabab bo‘lganini tasdiqlagan. Mudofaa vazirligi rahbari lavozimiga hozirda ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi bo‘lib turgan Igor Klimenko nomzodi ilgari suriladi, deb qayd etadi nashr. Fyodorov Ukraina prezidenti jamoasida qolishi va yangi lavozimga o‘tishi kutilmoqda.

​Mixail Fyodorovning iste’fosi haqidagi xabarlar uning jamoasida ommaviy tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Bloger va ko‘ngilli Sergey Sternenko endilikda mudofaa vaziri maslahatchisi emasligini ma’lum qilib, "bugun davlatimiz g‘alabadan ancha uzoqlashdi", deb bayonot berdi.

Mudofaa vaziri maslahatchisi Sergey Beskrestnov ham Fyodorovni qo‘llab-quvvatlab chiqdi va uning ketishiga amaldorning korrupsion sxemalarga qarshi kurashgani sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Kiritildi: 09:36 16.07.2026. O'qildi: 1112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!