Misr milliy jamoasi bosh murabbiyi Hussam Hassan sobiq va hozirgi rafiqalari o‘rtasidagi janjal vaqtida hushidan ketdi. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, voqea kafelardan birida sodir bo‘lgan. Dastlab ikki ayol o‘rtasida og‘zaki tortishuv yuzaga kelgan, keyinchalik mojaro mushtlashuvga aylangan. Vaziyat keskinlashgach, muassasada bo‘lgan mijozlar polisiyaga murojaat qilgan.
Janjal natijasida har ikki ayol tan jarohatlari va turli lat yeyishlar olgan. 60 yoshli Hussam Hassan esa mojaroni to‘xtatishga harakat qilgan, biroq kuchli hayajon va asabiy bosim oqibatida hushidan ketgan.
Keyinroq murabbiyning ikkinchi rafiqasi advokati Hassan avvalgi turmush o‘rtog‘i bilan rasman ajrashganini ma’lum qildi. Murabbiyning birinchi nikohidan uch nafar farzandi bor.
Hussam Hassan 2024 yildan buyon Misr milliy jamoasiga ustozlik qilib kelmoqda. Uning qo‘l ostida Misr 2026 yilgi jahon chempionatida 1/8 finalga qadar yetib bordi. Jamoa ushbu bosqichda Argentinaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.