Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdel Atiy ma’lum qilishicha, Qohira Saudiya Arabistonining so‘roviga ko‘ra mamlakat hududiga harbiy kuchlarini joylashtirgan va ularni ko‘paytirmoqda.
▪️ Misr qancha harbiy xizmatchi va qanday qurol-yarog‘ yuborgani rasman ochiqlanmagan.
▪️ The National manbalariga ko‘ra, Saudiyaga yuzlab harbiy xizmatchilar bilan birga bronetexnika, havo mudofaasi tizimlari va «er-er» turidagi raketalar ham yetkazilgan.
▪️ Manbalar Misr yuborgan havo mudofaasi vositalari orasida past balandlikda uchadigan raketalar va uchuvchisiz apparatlarni tutib qolishga mo‘ljallangan «Amun» tizimi ham borligini aytgan.
Misr tomonining ta’kidlashicha, yordamning asosiy maqsadi Saudiya hududini himoya qilish bo‘lib, husiylar pozisiyalariga zarba berish emas.
Oktyabr oyida Misr parlamenti Saudiya Arabistonini husiylar hujumlaridan himoya qilish uchun harbiy yordam ko‘rsatishni ma’qullagan edi.