Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Milliy tibbiyot markazi: Ko‘z to‘r pardasi kasalliklarini sun’iy intellekt orqali tashxislash va davolash yo‘lga qo‘yildi

Milliy tibbiyot markazi: Ko‘z to‘r pardasi kasalliklarini sun’iy intellekt orqali tashxislash va davolash yo‘lga qo‘yildi

🔬 Milliy tibbiyot markazida oftalmologiya yo‘nalishida sun’iy intellekt asosida ishlovchi “Navilas 577 nm” robotlashtirilgan lazer tizimi ishga tushirildi.

👁 Bu ko‘z to‘r pardasi kasalliklarini davolashda samaradorlik, xavfsizlik va bemorlar uchun qulaylik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

🔎 “Navilas 577 nm” — zamonaviy tibbiyotda kontaktsiz (noinvaziv) usulda ishlaydigan, yuqori aniqlikka ega noyob tizimlardan biri. Eng asosiy jihati, u sun’iy intellekt yordamida ko‘zdagi zararlangan to‘qimalarni avtomatik ravishda aniqlaydi va faqatgina ushbu joylarga lazer impulslarini yuboradi.

📌 Bu esa shifokor aralashuvini minimal darajaga tushirib, inson omili tufayli kelib chiqadigan xatolar ehtimolini deyarli yo‘qqa chiqaradi.

✅ Innovasion tizim yordamida bemorning ko‘ziga bevosita tegmasdan, yuqori aniqlikda muolaja o‘tkaziladi. Xastalikka chalinganlar davolash amaliyotidan so‘ng tezda kundalik hayotga qayta oladi.

⬇️ “Navilas 577 nm” orqali quyidagi kasalliklar davolanadi:

🟣 to‘p parda diabetik retinopatiyasi;

🟣 to‘r parda gipertonik retinopatiyasi;

🟣 postrombotik retinopatiya;

🟣 to‘r parda periferik distrofik o‘zgarishlari;

🟣 surunkali seroz xorioretinit;

🟣 diabetik makula shishi;

🟣 glaukoma.

💬 E’tiborli jihati, yangi tizim yuqoridagi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar uchun og‘riqsiz va xavfsiz yechim ekanligi amaliyotda o‘z isbotini topmoqda.

‼️ “Navilas 577 nm” lazer tizimi tibbiyotning oftalmologiya yo‘nalishidagi innovasion burilishlardan biri bo‘lib, u bemorlar hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Kiritildi: 14:25 09.05.2025. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!