94 yoshli investor bu haqda Qo‘shma Shtatlarning Omaha shahridagi stadionda bo‘lib o‘tgan holding aksiyadorlarining yillik yig‘ilishida ma’lum qildi.
Tadbirga jami 40 000 ga yaqin kishi to‘plangan edi. Baffet yil oxirigacha lavozimini tark etishini va o‘rniga o‘z yordamchilaridan biri — 62 yoshli Greg Abelni tayinlashini aytdi. Shu bilan birga, Baffet holdingdagi ulushini sotmasligini ham bildirgan.
Associated Press'ning yozishicha, milliarderning bu qarori yig‘ilganlar uchun “kutilmagan hodisa” bo‘lgan. Investorlar orasida Baffet “Omahadan chiqqan sehrgar” sifatida mashhur. Baffet 1965 yilda Berkshire Hathaway kompaniyasining bosh direktori bo‘lgan. O‘shandan beri u bu kompaniyani dunyodagi eng yirik invesisiya holdinglaridan biriga aylantirdi. Forbes jurnali Uorren Baffetning boyligini 168 milliard dollarga baholagan.