Microsoft’dagi barcha kodlarning 30% qismini allaqachon neyron tarmoqlar yozmoqda. Bu haqda Meta kompaniyasining LlamaCon konferensiyasida ma’lum qilindi.
Sun’iy intellekt kodni ko‘proq Pythonda yaxshi yozadi, eng yomoni esa C++ da.
2030 yilga kelib, SI ning dasturlashdagi ulushi 95 foizga yetishi mumkin. Kompaniya rahbari Satya Nadella’ning aytishicha, ayrim loyihalar allaqachon butunlay neyron tarmoqlar yordamida yaratilmoqda.
Microsoft bosh direktorining ta’kidlashicha, kompaniya turli tillarda AI tomonidan yaratilgan kodda aralash natijalarni ko‘rmoqda.