Microsoft 60,000 nafar xodimidan o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shashni so‘ramoqda. Bu kompaniyaning jami xodimlari sonini 27 foizini tashkil etadi.
Bunda shartlar shtat qisqartirishdagidan farq qilmaydi: o‘tgan safar 2 oylik maosh va ish staji uchun bonus to‘langan edi. Ishdan 31-dekabrgacha ketish lozim, arizani hatto kompaniya vise-prezidentlari ham topshirishi mumkin.
Microsoft shu tariqa data-markazlar qurilishi uchun mablag‘ tejab qolishga umid qilmoqda. Aftidan, o‘z xohishi bilan ketmaganlarni keyinchalik kutilmaganda ishdan bo‘shatishlar kutadi.