Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Meta Instagram va Facebook’dagi firibgarlik uchun javobgar deb topildi

Meta Instagram va Facebook’dagi firibgarlik uchun javobgar deb topildi

Germaniya sudi Meta kompaniyasini Instagram va Facebook platformalaridagi firibgarlik uchun javobgar deb topdi.

Bunday qarorni Frankfurt-na-Mayne yer sudi qabul qildi. Sud haqiqiy nemis investisiya platformasi — Finanzfluss nomi va ko‘rinishi ostida niqoblangan soxta investisiya reklamasi bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqdi.

Amerika konserni vakillari soxta reklama haqida bilmaganliklarini va shikoyatlar kelib tushishi bilan uni zudlik bilan o‘chirib tashlaganliklarini ma’lum qildi.

Biroq Germaniya sudi Meta soxta reklamalar uchun baribir javobgar ekanini ta’kidladi va Lyuksemburgdagi Yevropa Ittifoqi sudining tegishli qarorini asos sifatida keltirdi.

Frankfurt-na-Mayne sudi Meta’ni firibgarlik reklamasini olib tashlash, da’vogar — Finanzfluss egalariga yetkazilgan zararni qoplash, shuningdek, firibgarlar haqidagi ma’lumotlarni ularga taqdim etishga majburladi.

Meta kompaniyasi sud qaroridan rozi emasligini va keyingi huquqiy qadamlarni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!