Lionel Messining o‘g‘li Siro otasining "Barselona" tarkibida "Xetafe"ga qarshi urgan afsonaviy solo golini "takrorlagan"idan so‘ng tezda e’tibor markaziga tushdi.
Yosh futbolchi ota izidan bormoqda, Siro "Inter Mayami" akademiyasi tizimining bir qismi hisoblanadi. Katta Messi "Qarg‘alar"ning asosiy jamoasida yulduz bo‘lib o‘ynashda davom etmoqda va 2025-yilgi MLS mavsumiga ushbu liganing amaldagi eng qimmatli o‘yinchisi sifatida tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Messining o‘g‘illari yoshlar darajasida ko‘plab istiqbollarni namoyish etmoqda, Tiago va Mateo ham otasining eng yorqin va shon-sharafli izlaridan borishga intilmoqda. Messining uchala farzandi ham yaqinda Floridada bo‘lib o‘tgan UEston kubogi turnirida g‘alaba nashidasini surdi.
Nima bo‘ldi o‘zi?
Siro Messi o‘z yosh toifasida ilhom manbaiga aylandi va bir ajoyib gol kiritdi. U o‘z yarim maydonidan to‘pni olib yura boshladi, raqib himoyachilarini aldab o‘tib, to‘pni darvozaning to‘riga kiritdi - xuddi otasi 2007 yilda eng ajoyib gollardan birini urganidek.