Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Messi yulduz futbolchini "Inter Mayami"ga o‘tishga ko‘ndirdi

Messi yulduz futbolchini "Inter Mayami"ga o‘tishga ko‘ndirdi

Fichajes nashrining yozishicha, mavsum noaniqlik va bahs-munozaralarga to‘la bo‘lganidan so‘ng Pol Pogba faoliyatida yangi qadam tashlashga tayyor. Fransuz tez orada "Inter Mayami" futbolchisiga aylanishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, muzokaralar yakuniy bosqichda va yaqin haftalarda rasmiy tasdiq paydo bo‘lishi mumkin.

Lionel Messi to‘p tepadigan klub jahon futboli yulduzlari uchun jozibador yo‘nalishga aylandi va Pogbaning qo‘lga kiritilishi bu boradagi yana bir muhim qadam bo‘lardi. Manbalarga ko‘ra, aynan Messi ushbu transferning tashabbuskori bo‘lgan va klub rahbariyatiga jamoani kuchaytirish uchun ideal sherik deb hisoblagan fransiyalik xavbekni sotib olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishni tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Pol Pogba ijobiy doping testi tufayli diskvalifikasiya qilingandi, o‘tgan yil oxirida esa "Yuventus" u bilan shartnomani bekor qilgandi.

Kiritildi: 17:15 24.03.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!