Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Messi va Suares ikkitadan gol urgan o‘yinda "Inter Mayami" g‘alaba qozondi

Messi va Suares ikkitadan gol urgan o‘yinda "Inter Mayami" g‘alaba qozondi

"Inter Mayami" MLS muntazam chempionatida "Monreal" ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Fort Loderdeyldagi "Chase Stadium"da bo‘lib o‘tdi.

"Qirg‘iylar" hujumchilari Lionel Messi va Luis Suares ikkitadan gol urib, bittadan golli uzatmani amalga oshirishdi. Mehmonlar safida Dante Sili va Viktor Loturi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

"Inter Mayami" ochkolarini 26 taga yetkazib, Sharqiy konferensiyada 6-o‘rinda bormoqda. "Monreal" so‘nggi o‘rinda bormoqda - 8 ochko.

Kiritildi: 09:06 29.05.2025. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!