Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Messi va Ronaldu Saudiyada bir jamoada to‘p tepishi mumkin

Messi va Ronaldu Saudiyada bir jamoada to‘p tepishi mumkin

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, Saudiya Arabistonining to‘rtta klubi «Inter Mayami»da to‘p surayotgan argentinalik hujumchi Lionel Messiga da’vogarlik qilmoqda.

Avvalroq Saudiya Arabistonining Davlat investisiya jamg‘armasi Messi bilan ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlagani ma’lum qilingan edi.

Agar argentinalik futbolchi haqiqatdan ham AQShdan ketishga tayyor bo‘lsa, u holda u qaysi klubga — «Al-Ahli», «Al-Hilol», «Al-Ittihod» yoki «An-Nasr» — o‘tishi masalasi muhokama etiladi. Bu muzokaralarning keyingi bosqichida hal bo‘ladi, hozircha bu borada aniq qaror yo‘q. Qayd etish joizki, «An-Nasr» safida portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu to‘p suradi.

Messining «Inter Mayami» bilan shartnomasi 2025 yil dekabrigacha mo‘ljallangan. U AQSh klubi safida 2023 yildan beri o‘ynamoqda.

Kiritildi: 09:13 02.06.2025. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!