Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Messi penaltisiz urilgan gollar bo‘yicha Ronalduni ortda qoldirmoqda

Messi penaltisiz urilgan gollar bo‘yicha Ronalduni ortda qoldirmoqda

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLSning yangi mavsumidagi ilk gollarini urdi — u "Orlando Siti"ga qarshi bahsda (4:2) dubl qayd etdi. Argentinalik futbolchi uchrashuvning 57 va 90-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi, ikkinchi holatda u golni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasidan kiritdi.

Aynan Messi butun futbol tarixida o‘yindan urilgan (penaltilarni hisobga olmaganda) gollar soni bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda — uning hisobida 786 ta shunday gol bor. Hujumchi bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘zining asosiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketmoqda (portugaliyalikda o‘yindan urilgan gollar soni 778 tani tashkil etadi). Ma’lumot o‘rnida, yaqindagina Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi o‘yinda portugaliyalik yulduz penaltidan unumli foydalana olmadi.

Umumiy gollar soni bo‘yicha esa "An-Nasr"ning 41 yoshli futbolchisi hamon oldinda: unda 965 ta gol bor, 38 yoshli Messi hisobida esa hozircha 898 ta gol mavjud.

Kiritildi: Bugun 15:58. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!