«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi nima uchun «Inter Mayami» futbolchisi Lionel Messini Saudiyaning «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldudan ustun qo‘yishini tushuntirib berdi.
"Men Krishtianu Ronalduni yaxshi ko‘raman, lekin Messini yaxshiroq deb hisoblashimning sababi shundaki, agar men futbol o‘yinini tomosha qilishni istasam, Messining o‘yinini ko‘rishni xohlagan bo‘lardim. Lionel o‘zining eng gullagan davrida — men ko‘rgan va men qarshi o‘ynagan eng yaxshi futbolchidir", — deya Runining so‘zlarini keltirmoqda «The Touchline» nashri «X» ijtimoiy tarmog‘ida.
Ta’kidlab o‘tish joizki, Ueyn Runi va Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»da birgalikda to‘p surishgan va jamoa bilan bir necha bor APL chempionligi hamda YECHL kubogini qo‘lga kiritishgan.