Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Messi Lamin Yamalning istiqboliga baho berdi

Messi Lamin Yamalning istiqboliga baho berdi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 17 yoshli Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

Yosh ispaniyalikni ko‘pincha «ko‘k-anorranglilar»ning muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasi va o‘yin uslubi uchun Messining o‘ziga qiyoslashadi.

«Menga bugungi yosh futbolchilar yoqadi, ularda ko‘p narsa bor. Albatta, men Lamin Yamal haqida eshitganman.

U izchillikni saqlab turishi kerak, ammo bu unga va boshqa omillarga bog‘liq. U allaqachon ajoyib ishlamoqda va ishonchim komilki, uni porloq kelajak kutmoqda», - dedi 2021 yilgacha «Barsa»da o‘ynagan argentinalik superyulduz.

Kiritildi: 10:55 13.12.2024. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!