Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Messi JCh oldidan «Inter Mayami»da mashg‘ulot dasturini o‘zgartirishga qaror qildi

Messi JCh oldidan «Inter Mayami»da mashg‘ulot dasturini o‘zgartirishga qaror qildi

Hujumchi Lionel Messi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida «Inter Mayami»dagi mashg‘ulot dasturini o‘zgartirishga qaror qildi.

MLS klubi va Argentina terma jamoasi sardori milliy jamoa manfaatlarini klub manfaatlaridan ustun qo‘ymoqda. The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, 38 yoshli Messi 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokida salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jarohatlarni oldini olish uchun o‘z mashg‘ulot rejasini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan.

Endilikda Messi jismoniy va tezlikka qaratilgan mashqlardan ko‘ra, tiklanishga ko‘proq e’tibor qaratadi. Shuningdek, argentinalik futbolchi qachon maydonga tushish yoki qachon dam olish haqida qaror qabul qilishda mustaqillikka ega bo‘ladi. Bu choralar jarohat sabab jahon chempionatini o‘tkazib yuborish xavfini minimal darajaga tushirish uchun qabul qilingan.

Avvalroq Messi bo‘lajak jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini ta’kidlagan edi. Hozirga qadar u Argentina terma jamoasi safida 196 ta uchrashuv o‘tkazib, 115 ta gol urgan. Milliy jamoa tarkibida u oxirgi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan, shuningdek, ikki marta Amerika Kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 23:50 04.02.2026. O'qildi: 195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!