Bugun 18 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Messi jarohatidan so‘ng bayonot berdi

Messi jarohatidan so‘ng bayonot berdi

"Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi yangi jarohati haqida fikr bildirdi. 37 yoshli hujumchi sonini yaqinlashtiruvchi mushakdan olgan jarohati tufayli Argentina terma jamoasiga mart oyida bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 saralashida yordam bera olmaydi.

"Urugvay va Braziliyaga qarshi muhim o‘yinlarni o‘tkazib yuborishim juda achinarli. O‘ynashni juda xohlagandim, biroq kichik jarohat tufayli terma jamoa qarorgohiga bora olmayman. Har qanday argentinalik muxlis kabi jamoani tashqaridan qo‘llab-quvvatlayman. Olg‘a, Argentina!" - deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, jarohat "Inter Mayami"ning "Atlanta Yunayted"ga qarshi yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan o‘yinidan so‘ng aniqlangan edi. Messi gol urib, "lochinlar"ning g‘alabasiga hissa qo‘shdi (2:1).

Kiritildi: Bugun 10:24. O'qildi: 395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!