Ayni paytda ijara asosida Saudiyaning «Neom SK» klubida o‘ynayotgan «Strasburg» vingeri Rayan Messi faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, 18 yoshli Messiga «Barselona», «Bavariya» va «PSJ» qiziqish bildirmoqda. Biroq shu bilan birga, «Strasburg»ning sherigi hisoblangan «Chelsi» futbolchini o‘z jamoasiga qo‘shib olish rejasini tezlashtirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
«Ko‘klar» Messini kelajakdagi loyihaning ajralmas qismi deb hisoblaydi va uni qo‘yib yuborishni istamaydi.
Bu mavsumda Messi barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 gol urdi va 1 assist amalga oshirdi. Vingerning «Strasburg» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.