Lionel Messi mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan Kubok sovrini uchun kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi. Messi 1-o‘ringa "Barselona" vingeri Lamin Yamalni, 2-o‘ringa "PSJ" forvardi Dezire Dueni, 3-o‘ringa "Barselona" himoyachisi Pau Kubarsini qo‘ydi.
Ma’lumki, Kopa sovrinini ketma-ket ikkinchi yil Lamin Yamal qo‘lga kiritdi. "Barselona"ning 18 yoshli futbolchisi bir hafta oldin Parijda bo‘lib o‘tgan "Oltin to‘p" oqshomida sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Darvoqe, "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda Lamin Yamal Usmon Dembeledan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Lionel Messi ayni damda MLSda "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda.