Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi "Inter Mayami" MLSda "Atlanta Yunayted"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Lionel Messi maydonni golsiz tark etmadi - argentinalik hujumchi birinchi bo‘limda o‘z imkoniyatidan chiroyli foydalandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘yin boshlanishidan oldin olingan video paydo bo‘ldi. Messi maydonga kirayotganida muxlislardan biri futbolchining oyog‘i ostiga "Barselona" futbolkasini uloqtirgan. Lionel buni kutmagandi va sobiq jamoasining futbolkasini bosib o‘tdi. Keyin argentinalik futbolchi libos qaysi tarafdan uloqtirilganini kuzatdi. Messi "Barselona" libosini yerdan olib qo‘yishga oshiqmadi va u maydonga chiqishda davom etdi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi Argentina terma jamoasining mart oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘iniga chaqirilmagan edi.