"Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi "Barselona"ga qaytishni istaganini tan oldi.
Argentinalik futbolchi Kataloniya klubida 20 yildan ortiq vaqt o‘tkazgan. 2021 yilda "ko‘k-anorranglilar" uning shartnomasini uzaytira olmadi va futbolchi "PSJ"ga o‘tdi. Yana ikki yil o‘tgach, hujumchi hozirda o‘ynayotgan "Inter Mayami"ga ko‘chib o‘tdi.
2023 yilda Messi "Barselona"ga qaytishi mumkin edi, ammo kelishuv amalga oshmadi.
"Barselona"ga qaytishni istardim - bu doim mening maqsadim bo‘lgan. Afsuski, buni amalga oshirishning imkoni bo‘lmadi," - deya 37 yoshli hujumchining so‘zlarini keltiradi Inter Miami News Hub.