"Inter Mayami" jamoasi mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvida Ekvadorning "Barselona" klubi bilan durang o‘ynadi (2:2).
Lionel Messi joriy yildagi ilk golini aynan shu bahsda kiritdi — u uchrashuvning 31-daqiqasida hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunida jamoalar yana bir martadan gol almashishdi ("Mayami" safida German Berterame ajralib turdi), 87-daqiqada esa ekvadorliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Messi 58-daqiqada maydonni tark etdi — uning o‘rniga Luis Suares tushdi.
Keyingi shanba kuni "Inter Mayami" yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi, 22 fevral kuni esa MLSning yangi mavsumi 1-turi doirasida "Los-Anjeles"ga qarshi bahs bo‘lib o‘tadi.